Biz to’g’rimizda

«GOOD FOOD GROUP» MChJ QK O’zbekiston bozorida yog’-moy mahsulotlarini yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Kompaniya «Maselko» savdo belgisi bilan taqdim qilingan.Mahsulotlarimizning yuqori sifatliligi muvofiqlik sertifikatlari va gigiyenik sertifikatlar bilan tasdiqlanadi. Korxonada ISO 22000:2009 xalqaro standartiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi, shuningdek ISO 9001:2009 xalqaro standartiga muvofiq sifat menejmenti tizimi amal qiladi.
Korxonada attestatsiya qilingan nazorat-ishlab chiqarish va mikrobiologik laboratoriyalar faoliyat yuritadi.
«GOOD FOOD GROUP» MChJ QK “Oziq-ovqat sanoati” 5-Xalqaro ko’rgazmasida professional ta’m sinovi (degustatsiya)ning sifat mutaxassisi (masteri) diplomlariga ega.

«GOOD FOOD GROUP» MChJ QK
Sizga professional non yopish sanoati uchun ham, uy pazandaligi uchun ham mo’ljallangan quyidagi mahsulotlarni iftixor bilan tavsiya qiladi:

O’simlik moyi-sariyog’.
Sut-o’simlik moyi.
Margarinlar.
Mayonezlar.
Quyultirilgan va qaynatib pishirilgan shakarli sut.
O’simlik-moy asosidagi qandolat kremi.
Kombinatsiyalangan eritilgan yog’.

Mahsulot turlari 50 dan ortiq nomlanishga ega bo’lib, 10 gr.dan 20 kg.gacha qadoqlab joylashtirilgan.
«GOOD FOOD GROUP» MChJ QK egaligida shaxsiy avtopark mavjud bo’lib, mahsulotlarning o’z vaqtida yetkazib berilishini kafolatlaydi.